Shoxrux Okean

Длительность: 03:19


Тип файла: mp3


Размер файла: 7.63 МБ


Битрейт: 320 кбит/сек


Yeah...
Qorong'i tun, olisdan ko'rinadi darcha
Chiroq yoniq, xonasida qiz yolg'iz qalbi parcha
Urinmasinda harchan
Sevgan insoni bilan bog'lana olmas
Afsus, bejavob qo'ng'iroq va xabarlar barcha
Estalikga tushgan suratlarni qo'lga oladi
Xo'rsinib mungli kuy-taronaga quloq soladi
Tushgunlikda qoladi, yeb tamom qilgan ichin
"Unut!" deb yozilgan maktubga termulib ko'zi to'ladi
Xavotirda topa olmas qo'ygani joy o'zin
Lol-u hayron tinglab yaqin dugonalar so'zin
Aytishlaricha, ko'rishganmish allakim ila
Qo'l ushlashib yurganmish, silarmish o'sha qiz yuzin
Sho'rlikni bunga sira ishongisi yo'q
Ko'ksida cho'g', otiladi o'q
Boshi qotgan, ne qilarin bilmas
Yigitni esa o'zga bilan vaqti chog'!
Toma-toma uni ko'z yoshlari bo'ldi okean
Orzulari armonga aylanganidan keyin
Axir, yarim bo'lagidan ajralishi qiyin
Yigitga bo'lsa baribir, qiz xoli bir tiyin
Oyna ortida fasli bahor, vujudida kuz
Mana necha kunki mijja qoqmas, totmaydi tuz
"Qizim umidingni uz, tushun u ortga qaytamaydi"
Der onasi, g'amginligin aks etib ma'yus yuzi
Qizcha davoman o'zini azob qo'liga tutadi
Shirin xotiralarni yod olib, alamlar yutadi

все песни →

Похожие исполнители