Длительность: 03:48
Тип файла: mp3
Размер файла: 8.71 МБ
Битрейт: 320 кбит/сек
Shirintoyim, tavallud kuning bugun, Eng sara sovg‘a-salomlar sen uchun. Oyijoning erkasi, adajoning ertasi, Hayotimiz mazmunisan biz uchun. Erkatoyim, tavallud kuning bugun, Sho‘x sadolar jaranglaydi sen uchun. Baxtimiz kelajagi, sog‘liging – eng keragi, Bu qo‘shig‘imiz hadyadir sen uchun. Asta-asta qadam tashlagin, jonim bolam, Kulib yur, kulsang gar yorqinroq, go‘zal olam. Bu oyim, bu adam, deganing tinglaganda Qanday shukrona aytmagin, ayt Egam? Shahdam-shahdam qadam tashla, mag‘rur o‘g‘lonim, Inson bo‘l, chinakam mard bo‘lgin, pahlavonim. Oilam qo‘rg‘oni, yurtimning bek sultoni, Buyugim bergan baxtim – o‘g‘lonim.